Olmaota politsiyasi tezkor-qidiruv tadbirlarini olib bormoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Gogol-Zenkov-Makatayev-Abdullin ko‘chalari kesishmasida ichki ishlar organlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda”, — deyiladi huquq-tartibot organlari xabarida.
Ta’kidlanishicha, hudud kamuflyaj va niqob kiyib, qurol taqqan kishilar tomonidan to‘sib qo‘yilgan. Shuningdek, Qozog‘iston Milliy gvardiyasi harbiy texnikasi ham jo‘natilgan.
Eslatib o‘tamiz, Olmaotada sodir bo‘lgan otishma qurbonlari soni olti kishiga yetdi. Shulardan to‘rt nafari huquq-tartibot xodimlari, biri chegarachi va yana biri IIV pensioneri bo‘lgan.
Izoh (0)