O‘zbekistonda 20-iyul, chorshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Chorshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10...+15 daraja, Toshkent shahrida +20...+22 daraja, mamlakatning qolgan joylarida +20...+27 darajagacha iliq bo‘ladi.
20-iyul kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +22...+27 daraja iliq, Toshkent shahrida +35...+37 daraja issiq bo‘ladi.
Shu kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo harorati +38 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +40 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryoda esa +42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)