Londonlik talaba Lyusi Devis Britaniya jamoat transportida yo‘lkira sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan yasama tirnoqni o‘ylab topdi, deb yozadi Meduza. Tirnoqlaridan biriga u turniketdan o‘tish uchun ishlatiladigan chipni joylashtirdi.
Tirnoqlar oddiy elektron yo‘l chiptasi (proyezdnoy) kabi ishlaydi — barmoqlarni turniketdagi validatorga qo‘yish va o‘tib ketish kerak.
Men Oyster Card (Londonda jamoatchilik transportida yurish uchun qo‘llaniladigan elektron yo‘l chiptasi)’dan RFID-chipni olib, uni yasama tirnoqlarimdan biriga yopishtirdim”, — deya so‘zlab berdi Devis. U, shuningdek, bunday yo‘l chiptasi hisobini to‘ldirish ham mumkinligini aytdi.
Devis London jamoatchilik transportini boshqaruvchi korporatsiya vakillari bilan bog‘lanishga ham ulgurdi. U ushbu usul butun dunyoga tarqalishini istamoqda.
Izoh (0)