Shimoliy Koreya 19-iyul, seshanba kuni uchta ballistik raketani uchirdi, deya xabar bermoqda Janubiy Koreyaning “Yonxap” agentligi Shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi vakiliga tayanib.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, parvoz 05:45 va 06:05 (Toshkent vaqti bilan 02:45 va 03:05) oralig‘ida Xvanxe-Pukto provinsiyasida amalga oshirilgan. Reuters yozishicha, Scud turidagi raketalar uchirilgan, ular Yapon dengizi tomonga 500—600 kilometrgacha uchib borgan.
Nashr eslatishicha, KXDR 9-iyul kuni Yapon dengizi akvatoriyasida Koreya yarim orolidan sharqda turgan suv osti kemasidan ballistik raketa uchirgan edi.
Izoh (0)