Jiddiy jarohat olgan Istanbuldagi Shishli tumani ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Jamil Jondosh kasalxonada olamdan o‘tdi. Bu haqda Turkiyaning Milliyet nashriga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Mansabdorga 18-iyul, dushanba kuni ma’muriyatdagi ofisida hujum uyushtirilgandi. Buni amalga oshirgan kimsalar yashiringan va keyinchalik qo‘lga olingandi. Hodisaning harbiy to‘ntarish bilan bog‘liq yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)