Qutqaruvchilar Xitoyning Tibet muxtor tumanida ko‘chki ostida qolib ketgan 9 kishining jasadini topdi. Ularning barchasi mahalliy aholi vakillari bo‘lgan, deya xabar beradi “TASS”.
8 metrgacha bo‘lgan qor ko‘chkisi dengiz sathidan 4,5 ming balandlikdagi Ngari okrugidagi cho‘ponlar manziliga 17-iyul, yakshanba kuni tongda yopirildi. Odamlar bilan birga tonnalab qor uyumi ostida 450 dan ortiq qo‘tos va qo‘y qolib ketdi.
Qutqaruvchilar mazkur hududda ko‘chki qaytarilishidan xavfsiramoqda. Rasmiylar shu atrofdagi ikki uyda yashovchilarni ko‘chirishga qaror qildi.
Izoh (0)