Yerevan markazida 100 ga yaqin kishi Ozodlik maydonidan muxolifatning qurolli tarafdorlari qo‘lga olgan politsiya bo‘limi joylashgan hududgacha yurish o‘tkazishga harakat qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Shahar politsiyasi boshlig‘i Ashot Karapetyan mazkur aksiyaga ruxsat bermasligini bildirgach, politsiyachilar hamda namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Hodisa joyiga politsiyaning qo‘shimcha kuchlari keltirildi va hudud qurshab olindi. Natijada politsiya namoyishni tarqatib yuborishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)