Turkiyadagi to‘ntarishdan so‘ng vertolyotda Gretsiyaga qochgan 8 nafar harbiy Aleksandrupolis shahri prokuraturasida ko‘rsatma bermoqda. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Haber Turk telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylarga “davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish” va “ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni xavf ostida qoldirish” ayblovlari ilgari surilmoqda. Ular prokuror oldiga kuchaytirilgan xavfsizlik choralari qo‘llangan holda keltirildi: harbiylar mahkamaga kishanlangan, yuzlarini yashirgan holda, politsiyachilar hamrohligida kirib keldi.
Prokurorning rasmiy qaroridan so‘ng isyonchilarning Turkiyaga ekstraditsiya qilish jarayoni boshlanishi kutilmoqda. Oldinroq Gretsiya bosh vaziri Aleksis Sipras Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbati chog‘ida mazkur masalani tezda hal etishga va’da bergandi.
Izoh (0)