O‘zbekistonlik haydovchilarning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi eng yirik hamjamiyatlari 17-iyul, yakshanba kuni Chorvoqda katta tirbandliklar yuzaga kelgani haqidagi fotoxabarlarga to‘lib toshdi.
Bunday tirbandliklar nima sababdan yuz bergani noma’lum. Ba’zi foydalanuvchilarning qayd etishicha, “Piramida” majmuasiga kirishda katta navbat yuzaga kelgan.
Boshqalarning fikricha, Toshkentning aksariyat aholisi bir vaqtda dam olgani tabiat qo‘yniga yo‘l olgani shunday holatga yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. “Shaharda bugun avtomobillar siyrak”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.
Aksariyat foydalanuvchilar tirbandikda turgan avtomobillarning tartibsizligini tanqid ostiga olgan. Ayni vaqtda, “tog‘da soatlab tirbandlikda turgandan ko‘ra, shahardagi maxsus hovuzlarda dam olgan yaxshi” qabilida fikr bildirganlar ham talaygina.
“10 yil avval birov ‘Chorvoqqa ketaverishda katta tirbandlik bo‘ldi’, desa, hamma hayron qolardi. Hozir esa dam olish kunlari bunday manzara odatiy hol bo‘lib qoldi”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)