Toshkentda 14-iyulga o‘tar kechasi kuchli shamol kuzatildi. Natijada shaharning turli nuqtalarida daraxtlar va ularning shoxlari sinib, ag‘darilgan.
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida qoldirilgan xabarga ko‘ra, Chilonzor tumanida “Jiguli” avtomobili ustiga daraxtning katta shoxlari ag‘darilishi natijasida, mashina majaqlanib ketgan.
Shuningdek, Yunusobod tumanida ham daraxt mavze ichidagi yo‘l ustiga ag‘darilgan.
Quyidagi surat esa shaharning boshqa nuqtasida olingan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)