Turkiya kuch tuzilmalari harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng boshlangan tergov doirasida isyonchilarning yetakchisi deb hisoblanayotgan, Turkiya Harbiy-havo kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni general Akin O‘zturkni qo‘lga oldi. Bu haqda Dogan agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
O‘zturk muxolifatchi Fathulloh Gulen bilan aloqador bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Ayni vaqtda AQShda istiqomat qilayotgan Fathulloh Gulen Turkiya hukumati tomonidan harbiy to‘ntarish tashkilotchisi sifatida ko‘rilmoqda.
Izoh (0)