AQSh prezidenti Barak Obama Turkiyadagi vaziyat yuzasidan Oq uyda uchrashuv uyushtirdi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Uchrashuvda kimlar ishtirok etayotganiga CNN aniqlik kiritmagan, biroq bunda gap “milliy xavfsizlik va xalqaro siyosatga mas’ul guruh” haqida borayotganini ma’lum qilgan.
Turkiyada 16-iyulga o‘tar kechasi harbiy to‘ntarishga urinish yuz berdi. Isyonni bostirish davomida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)