Turkiyaning Injirlik aviabazasi atrofidagi havo kengliklarini yopilishi AQSh olib borayotgan IShIDga qarshi havo operatsiyasi to‘xtatilishiga olib keldi. Bu haqda CNN manbalariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Anqara Vashingtonga havo hududi Turkiya mazkur yo‘nalishdagi vaziyatni to‘liq o‘z nazoratiga olmagunicha yopiq bo‘lishini ma’lum qildi. Turkiya rasmiylari mamlakat harbiy-havo kuchlarining barcha samolyotlari hukumat kuchlari izmidaligiga ishonch hosil qilish niyatida ekanliklarini bildirgan. Bundan faqat havo hududi yopilgan payt topshiriq bajarayotgan AQSh samolyotlari uchun istisno qilingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)