Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim harbiy to‘ntarishga urinishda 265 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Al Jazeera’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

265 kishidan 161 nafari hukumat tarafdorlari va tinch aholi vakillari bo‘lgani aytilmoqda.

Armiyaning amaldagi rahbari Umid Dundar halok bo‘lganlardan 104 nafari isyonchi, kamida 47 nafari oddiy fuqarolar ekanligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq OAVlar isyonchilarning mamlakatdagi yetakchisi, Turkiya HHKning sobiq bosh qo‘mondoni Akin O‘zturk qo‘lga olinganligi xabar berilgandi.

Turkiyada 16-iyulga o‘tar kechasi harbiy to‘ntarishga urinish yuz berdi. Hodisa natijasida 1,1 mingdan ortiq odam yaralandi. 1,5 mingdan ortiq harbiy hibsga olindi. Sud muassasalarining 2,7 mingdan ortiq xodimlari o‘z vazifasidan ozod etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Yuksalish” harakati diniy materiallar tarqatganlik ayblovi bilan javobgarlikka tortilish holatlari uchrayotganiga munosabat bildirdi
Dunyo
Hindistonda poyezdlar to‘qnashuvi qurbonlari soni 230 kishidan oshdi (foto)
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi