Turkiya harbiy-havo kuchlarining Balikesirdagi bazasi boshlig‘i general-leytenant Ishoq Dayio‘g‘li harbiy to‘ntarishga aloqadorlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mahalliy huquq-tartibot idoralari hozirga qadar 2,8 ming kishini hibsga oldi. Ular orasida o‘rta va yuqori bo‘g‘inga mansub harbiylar, jumladan, isyonchilarning yetakchisi deb hisoblanayotgan Turkiya harbiy-havo kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni general Akin O‘zturk ham bor.
16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinish yuz berdi. Hodisa natijasida so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 265 kishi halok bo‘ldi, 1,1 mingdan ortiq odam yaralandi. Halok bo‘lganlardan 161 nafari hukumat tarafdorlari va tinch aholi vakillaridir.
Izoh (0)