Fransiya Nitssadagi IShID uyushtirgani taxmin qilinayotgan hujumdan so‘ng, Iroq va Suriyada jangarilarga qarshi zarbalar shiddatini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Fransiya prezidenti Fransua Olland xalqqa murojaatida aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Shuningdek, Olland mamlakatdagi favqulodda holat rejimini yana uch oyga uzaytirdi. Muddati 26-iyul kuni yakunlanadigan favqulodda holat rejimini uzaytirish haqidagi qonun loyihasi Fransiya parlamentiga yaqin kunlar ichida kiritiladi.
Nashr eslatishicha, rejim Parijning “Bataklan” klubida sodir etilgan teraktlardan keyin kiritilgan edi.
Izoh (0)