AQSh prezidenti Barak Obama Nitssada 14-iyul kuni sodir bo‘lgan “mudhish terakt”ni butun mamlakat aholisi nomidan qoraladi. Davlat rahbarining bayonoti Oq uy saytida e’lon qilindi, deb yozadi “RBK”.
Obama AQSh xalqi nomidan qurbonlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik izhor etdi, yaralanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z jamoasiga Fransiya hukumati bilan aloqada bo‘lib turishni buyurgan. Obama Fransiyaga hujumni tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortishda yordam taklif qilgan.
Ommaviy qurbonlarni keltirib chiqargan hujum 14-iyul, payshanba kuni kechki payt Nitssadagi Ingliz qirg‘og‘ida sodir bo‘ldi, u yerda o‘sha vaqtda Fransiya Milliy bayrami sharafiga otilgan mushaklarni tomosha qilayotgan minglab kishilar bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, olomon ichiga yuk mashinasi bor tezligi bilan bostirib kirgan, natijada 77 kishi halok bo‘lgan, yuzlab kishilar jarohat olgan.
Izoh (0)