Britaniyaning The Daily Mail nashri sayyohlar uchun krandan suv ichish mumkin bo‘lgan joylar xaritasini tuzdi, deb yozadi “Vesti”.
Yevropa mamlakatlari ushbu nuqtai nazardan eng xavfsiz bo‘lib chiqdi, ammo barchasi ham emas. Masalan, Sloveniyada vodoprovod suvini bemalol ichish mumkin, qo‘shni Xorvatiyada esa buni qilmagan ma’qul.
Boltiqbo‘yida ham natija har xil bo‘lib chiqdi — Finlyandiya va Latviyada kran suvi xavfsiz, Estoniya va Litvada esa xavfli.
Krandan suv ichish xavfsiz bo‘lmagan mamlakatlarga Moldaviya, Belorussiya, Ukraina, Rossiya, Turkiya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon va Qozog‘iston, shuningdek, Bolgariya, Chernogoriya, Kipr va boshqa qator mamlakatlar ham kiritildi.
Izoh (0)