Avstraliyaga 13-iyul, chorshanba kuni kuchli po‘rtana yopirildi. Buning oqibatida 71 yoshli kishining ustiga daraxt quladi va u halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Bundan tashqari, ikki kishi jabrlanganligi haqida xabar qilinmoqda. Mamlakat janubida shamol tezligi soatiga 120 kilometrgacha yetdi. 38 ming aholi elektr ta’minotisiz qolgan.
Sinoptiklarning qayd etishicha, po‘rtana va qor yog‘ishi kechga yaqin bosilishi kutilmoqda. Noqulay ob-havo Tasmaniya va Viktoriya shtatlarida saqlanib qoladi.
Izoh (0)