Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘zining Facebook messenjerida shifrlangan xabarlarni sinovdan o‘tkazishni boshlaganini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
8-iyul, juma kundan dasturda yangi funksiya — “maxfiy suhbatlar” cheklangan tarzda sinala boshlandi, ular muayyan qurilmadagi muayyan foydalanuvchigagina yetib boradi.
“Maxfiy suhbatlar”da shuningdek, taymer o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ladi, u jo‘natilgan xabar qabul qilib oluvchiga qancha vaqt davomida ko‘rinib turishini belgilaydi, shundan so‘ng o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Messenjerdagi shifrlash funksiyasi ixtiyoriy bo‘ladi — oddiy chat yoki qo‘shimcha himoyalangan chat orqali muloqot qilishni foydalanuvchining o‘zi tanlaydi, chunki “maxfiy suhbat”dagi yozishmani barcha qurilmalardan ham ko‘rib bo‘lmaydi, ushbu muloqot qaysi qurilmada boshlangan bo‘lsa, faqat o‘sha orqaligina o‘qish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)