Apple millionlab iPhone foydalanuvchilariga organlar donori sifatida ro‘yxatdan o‘tishni taklif qilmoqchi, deb yozadi “RBK”. Bunday imkoniyat smartfonlarda rejalashtirilayotgan yangilanishdan keyin paydo bo‘ladi.
Tegishli funksiya barcha iPhone’larga o‘rnatilgan “Salomatlik” dasturida mavjud bo‘ladi. Bu amerikalik foydalanuvchilarga donorlar milliy bazasiga qo‘shilish imkonini beradi.
Apple’dagilar yangi imkoniyat donorlar yetishmasligi muammosini qisman hal qilishga yordam berishiga umid qilmoqda. Kompaniya rahbari Tim Kuk eslatishicha, 2009-yilda bunday muammoga Apple asoschisi Stiv Jobs duch kelgan va jigar ko‘chirib o‘tkazilishini uzoq vaqt kutgan edi.
Izoh (0)