Niderlandiyada Buyumlar Interneti (Internet of Things, IoT) uchun ixtisoslashtirilgan dunyodagi birinchi tarmoq ishga tushirildi, u butun mamlakat hududini qamrab oladi, deb yozadi 3DNews.
IoT-tarmoq Niderlandiyada KPN telekommunikatsiya kompaniyasi tomonidan ishga tushirildi. Loyiha doirasida yuzlab mobil aloqa stansiyalariga katta radiusli qamrovni ta’minlovchi LoRa (Long Range) uskunalari va maxsus antennalar o‘rnatildi.
Ushbu infratuzilma millionlab turli-tuman qurilmalarga xizmat ko‘rsata olishi taxmin qilinmoqda. Xususan, hozirdanoq KPN kompaniyasi 1,5 millionta “buyum”ni yangi tarmoqqa ulash haqida so‘rov qabul qildi.
“Buyumlar Interneti” konsepsiya bo‘lib, unda moddiy obyektlar Tarmoqqa ulangan hamda ish samarasi va qulayligini oshirish maqsadida axborot almashish uchun boshqa qurilmalar bilan identifikatsiya qilina oladi.
Izoh (0)