• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chinozlik Murodboyni qo‘lga olish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda

    Toshkent viloyatining Chinoz tumanida huquq-tartibot organlari tomonidan 2016-yil 15-iyun kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida xalq orasida Ahmadboy nomi bilan tanilgan, moliyaviy piramida tashkil etishga muvaffaq bo‘lgan Ahmad Tursunboyev qo‘lga olindi.

    30-iyun kuni O‘zMTRK telekanallari orqali efirga uzatilgan “Ahmad vasvasasi” ko‘rsatuvida tergov-surishtiruv davomida Chinoz tumanida Ahmad Tursunboyevdan tashqari yana bir necha fuqaro ikki barobar qilib qaytarish va’dasi bilan aholidan avtomashina, pul, qoramol va boshqa moddiy boyliklarni kafolatsiz, og‘zaki ravishda kelishib qabul qilib kelgani aniqlangani ma’lum qilindi.

    “Daryo” “Ahmad vasvasasi” ko‘rsatuvida chinozlik Ahmadboyning “shogirdlari”, “hamtovoqlari” deya ta’riflangan shaxslar haqida e’lon qilingan ma’lumotlarni so‘zma-so‘z keltiradi.

    Quvonchbek Abdulqosimov

    Kadr: “Toshkent” telekanali

    Kadr: “Toshkent” telekanali

    Ahmad Tursunboyev qurayotgan piramidaning tezkorlik bilan o‘sib borishining sabablaridan biri uning joylarda filiallar ochishi bilan bog‘liq. Ana shundaylardan biri — uning ishonchini oqlab, mehru muhabbatiga sazovor bo‘lgan Quvonchbek Abdulqosimovdir.

    Quvonchbek Abdulqosimov Chinoz tumanidagi Sutbuloq mahallasida aholidan naqd pul, avtomashina, chorva mollari va qimmatbaho buyumlarni qabul qilib, Ahmad Tursunboyevga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Ammo bu munosabatlar xayrli yakun topmaydi.

    Boisi, aholidan katta miqdorda pul qabul qila boshlagan “yangi boy” o‘z xojasiga sadoqatsizlik qiladi. Oxir-oqibat shu darajaga borib yetadiki, Quvonchbek Abdulqosimov o‘zi mustaqil ish yuritib, yiqqan pullarini Ahmad Tursunboyevning kassalariga kirim qilmay qo‘yadi. O‘rtada kuchli ziddiyat paydo bo‘ladi.

    Sadoqatli shogirdning itoatsizligidan pand yegan ustoz uni imkon qadar tezroq o‘yindan chiqarish payiga tushadi. Unga avvaldan topshirmay kelayotgan 738 ming AQSh dollarini qaytarib berish shartini qo‘yadi, Quvonchbek Abdulqosimov bu talabni bajarmaganidan so‘ng, uning ustidan huquq-tartibot organlariga shikoyat arizasi kiritadi.

    Mana shu yerga kelganida moliyaviy piramidaning asosiga zil ketganini fahmlash qiyin emas. O‘zaro murosasizliklar nish urayotgan paytda Quvonchbek Abdulqosimovning va’dasiga ishongan odamlar Ahmad Tursunboyevdan pullarini so‘rab, da’vo qilishadi.

    Nuriddin Abulg‘oziyev

    Kadr: “Toshkent” telekanali

    Kadr: “Toshkent” telekanali

    Nuriddin Abulg‘oziyev noqonuniy yo‘l bilan orttirgan boyliklari hisobiga Yangiyo‘l shahrida joylashgan ko‘p qavatli 140-uyning birinchi qavatini to‘liq sotib oladi va u yerda fitnes-klub qurish ishlarini boshlab yuboradi.

    Tergov-surishtiruv jarayonida Toshkent shahrida joylashgan “Diyorbek” mehmonxonasi va Zangiota tumanidagi “Yuksalish” to‘yxonasi Nuriddin Abulg‘oziyevga tegishli ekani aniqlandi. Bundan tashqari, aholidan yig‘ib olingan mol-mulk evaziga Qibray tumanida dang‘illama hovli qurish ishlarini boshlab yuborgani ma’lum bo‘ldi.

    Unga tegishli bo‘lgan avtomobillar turar-joyidan esa aholidan qabul qilingan 62 ta turli rusumdagi avtomobillar borligi aniqlandi.

    Ahmad Tursunboyev huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olinganidan keyin tahlikaga tushib qolgan Nuriddinning abonentlari pullarini da’vo qila boshlashadi. Hammaga birvarakayiga pulni qaytarish imkonsizligi ma’lum bo‘lib qolganidan keyin o‘rtada ziddiyat yuzaga keladi va Nuriddin yashash joyidan qochib ketadi.

    “Buzoqning yugurgani somonxonagacha” deganlaridek, oradan hech qancha o‘tmasdan Nuriddin Abulg‘oziyev huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olinadi.

    Mirzamurod Yunusaliyev (Murodboy)

    Kadr: “Toshkent” telekanali

    Kadr: “Toshkent” telekanali

    Hozirda qidiruvda bo‘lgan, 1984-yilda Chinoz tumanida tug‘ilgan Mirzamurod Yunusaliyev ham 2015-yilga qadar Ahmadning yugurdaklaridan bo‘lgan va xalq orasida, xuddi ustozi kabi — Murodboy nomini oladi.

    Unga tegishli bo‘lgan avtomobil turar joylarida aholidan ikki hissa qaytarish va’dasi bilan olingan 100 dan ortiq turli rusumdagi avtomobillar borligi aniqlandi.

    Mirzamurod Yunusaliyev ikki hamtovog‘ining qismatidan voqif bo‘lganidan keyin o‘z yashash manzilidan qochib ketadi va hozirda uni qo‘lga olish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

    • “Oddiy odam ko‘chada ‘perashka’ sotsa, darrov soliqchi keladi. Nega Ahmadboyni hech kim tekshirmadi?”. Chinozlik Ahmadboyning noqonuniy faoliyat bilan bir necha yil shug‘ullanganiga munosabat

    • Chinozlik Ahmadboyga rahnamolik qilgan mansabdorlarning harakatlariga tergov jarayonida huquqiy baho beriladi

    • Chinozlik Ahmadboy: Orqaga yo‘l yo‘qligini bilardim. Odamlardan uzr so‘rayman

    • Ahmadboy kimlardan “ilhom” olgan edi? Moliyaviy piramida nima?

    02.07.2016, 17:18   Izoh (0)   65040
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston banklari konversion kartalardan foydalanishga cheklov joriy etdi

    02.07.2016, 15:43

    Test: Haqiqiy valyutami yoki xayoliy?

    02.07.2016, 10:00

    Nochorlarga sadaqa berish majburiyati, eski qurilmani iPhone 7’ga aylantirish yo‘li, Toshkentdan boshlangan Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab yugurish va kunning boshqa muh...

    01.07.2016, 19:54

    Qashqadaryodagi bunyodkorlik ishlari: Qarshi kuranti, Amir Temur ko‘prigi, daryo sohilidagi xiyobon (foto)

    01.07.2016, 17:42

    O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 2-iyul kuni yog‘ingarchilik kuzatiladi

    01.07.2016, 16:58

    Foto: Termizda yangi barpo etilgan Xotira maydoni

    01.07.2016, 15:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.