“O‘zbekiston” telekanali orqali 30-iyun, chorshanba kuni efirga uzatilgan “Ahmad vasvasasi” nomli ko‘rsatuvda nima uchun uning faoliyati bir necha yil davomida to‘xtatilmagani yoki tekshirib ko‘rilmagani haqidagi savolga ham javob berildi.

Foto: “Daryo”; Kadr: “Toshkent” telekanali

Foto: “Daryo”; Kadr: “Toshkent” telekanali

“Ahmad Tursunboyevdan naf ko‘rayotgan mahalliy amaldorlar, huquq-tartibot organi vakillari uning bu ishlariga panja ortidan qarab kelgan. ‘Yegan og‘iz uyalar’ deganlaridek, ular Ahmadboyni fosh qilish o‘rniga jinoiy sheriklik qilib kelgani tergov-surishtiruv jarayonida aniqlanyapti”, — deyildi “Ahmad vasvasasi” ko‘rsatuvida.

Asli Ahmadjon Tursunboyev tegishli “Chinoz avto hamkor” kompaniyasida yurist lavozimida ishlagan Oybek Isoqov shunday deydi: “Katta lavozimdagi odamlar mijoz bo‘lganini o‘zi ham aytardi, hokim keldi yoki militsiya keldi deb kassadagilar ham maqtanib o‘tirishardi. Mashhur artistlar, katta lavozimdagi kishilarning nomlarini aytishar, biri 300 ming, boshqasi 400 ming pul berib, mijoz bo‘ldi, degan gaplar bo‘lardi”.

Kadr: “Toshkent” telekanali

Kadr: “Toshkent” telekanali

“Hokim bilan telefonda bir narsalarni gaplashardi, nimalarni gaplashishini bilmasdim. Hokim-buva deb gaplashganini ikki-uch marta sezdim”, — dedi ko‘rsatuvda Ahmadjon Tursunboyevning yaqin maslahatchilaridan biri deb ko‘rsatilgan sobiq militsioner Tohir Mustafoqulov.

“Mansab vakolatini suiiste’mol qilib, Ahmad Tursunboyevning noqonuniy faoliyatiga rahnamolik qilib kelgan mansabdor shaxslarning hatti-harakatlariga tergov jarayonida tegishli huquqiy baho beriladi”, — deya qo‘shimcha qilindi “Ahmad vasvasasi” ko‘rsatuvida.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.