Indoneziya g‘arbidagi Papua provinsiyasi qirg‘oqlarida kema halokatga uchrashi oqibatida 12 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda mamlakat huquq-tartibot idoralari vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortida 13 kishi bo‘lgan kema 27-iyun, dushanba kuni Rani va Numfor orollari yaqinida po‘rtanaga uchradi.
Falokat signali olinganidan so‘ng qutqaruvchilar tomonidan atigi bir yo‘lovchi qutqarib qolindi. Hozirda qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Izoh (0)