Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida 15 nafar jangari, jumladan, “Tolibon” harakati yetakchilaridan biri yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Khaama Press agentligiga ko‘ra, jangarilarga Chardara tumanida aviazarba berilgan. Shuningdek, havo operatsiyasi chog‘ida yana ikki jangari og‘ir jarohat olgan.
Izoh (0)