O‘zbekistonda 29-iyun, seshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 29-iyun, seshanba kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +20...+25 daraja, Toshkent shahrida +35...+37 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +33...+38 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa seshanba kuni havo harorati +35...+40 darajagacha ko‘tariladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)