27-iyun, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 11:25 da O‘zbekiston poytaxtidan 385 kilometr janubi-sharqda, Qirg‘iziston hududida magnitudasi 4,8 ga teng zilzila yuz berdi.
“Toshkent” markaziy seysmostansiyasidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, Qirg‘izistondagi zilziladan so‘ng Toshkent va Namanganda 2 balli yerosti silkinishlari sezilgan.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston hududida 26-iyun kuni yuz bergan zilzila ham Toshkent va Andijon shaharlarida sezilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)