O‘zbekiston hukumati 16-iyundagi qarori (pdf) bilan mamlakat oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar qabul qilish muddatlarini o‘zgartirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. O‘zgarishlar 2017-yildan kuchga kiradi.
Endi abituriyentlar arizalari qabul komissiyalari tomonidan 20-iyundan 20-iyulgacha emas, balki 15-iyundan 15-iyulgacha, Davlat konservatoriyasiga esa 15-iyundan 10-iyulga qadar qabul qilinadi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari 5-iyulga qadar o‘tkaziladi (bungacha 10-iyulgacha edi).
Izoh (0)