27-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Turkiya prezidenti Su-24 uchuvchisining halokati uchun Putindan uzr so‘radi. “U ‘Kechirasizlar’ dedi hamda Rossiya bilan do‘stlik munosabatlarini tiklash uchun qo‘lidan kelgan ishni qilishga tayyorligini aytdi”.
2. Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga Rio–2016 Olimpiadasi uchun berilgan yo‘llanma olib qo‘yildi. Sabab — doping.
3. “Toshkent” markaziy seysmostansiyasi: Qirg‘izistondagi 26-iyungi zilzilaning 150 tagacha aftershoklari qayd etildi. Xususan, 27-iyun kuni Toshkent va Namanganda 2 balli yerosti silkinishlari sezildi.
4. Rayhon Ulasenova qiz farzandli bo‘ldi. Aktrisaning bir o‘g‘il va bir qizi bor edi.
5. Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Chiliga qarshi Amerika Kubogi final uchrashuvidan so‘ng Messi yig‘lab yubordi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)