Buyuk Britaniyada yevroskeptiklar mamlakatning Yevroittifoq tarkibidan chiqishi bo‘yicha referendumda g‘alaba qozondi, deb yozadi “RBK”. Ovozlarning ko‘pchiligi hisoblab chiqilgach, Brexit tarafdorlari 51,8 foiz ovoz to‘pladi.
Ovozlarni hisoblash yakunlanmagan bo‘lsa-da, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishini yoqlab 16,7 milliondan ortiq kishi ovoz bergan. Bu referendumga xulosa yasash uchun yetarli.
Brexit tarafdorlari ovozlarning yarmi hisoblab chiqilganidan keyinoq yetakchilik qilayotgan edi. Yevroittifoqdan chiqishni Angliya va Uelsning ko‘pchilik aholisi yoqladi, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya aholisining ko‘pchiligi esa qarshi bo‘ldi.
Izoh (0)