BBC teleradiokorporatsiyasi prognoziga ko‘ra, Birlashgan Qirollik Yevroittifoqdan chiqadi, deb yozadi “Kommersant”.
Saylov okruglarining yarmidan ko‘pidagi (382 tadan 200 tasi) ovozlar hisoblab chiqilgach, Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqni tark etishi tarafdorlari 51,7 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Shunday yangiliklar fonida funt sterling kursi 1,36 dollargacha tushib ketdi va pasayishda davom etmoqda.
Britaniyaliklar 23-iyun, payshanba kuni o‘z mamlakati taqdirini hal qildi: ular referendumda Birlashgan Qirollik Yevroittifoqdan chiqish-chiqmasligi yuzasidan ovoz berdi. Yakuniy natijalar yaqin orada e’lon qilinadi. Ovoz berishda rekord sondagi saylovchilar — qariyb 46,5 million kishi qatnashdi.
Izoh (0)