Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammitida ishtirok etayotgan Xitoy raisi Si Szinpin 23-iyun, payshanba kuni Szyansu provinsiyasiga yopirilgan dovuldan aziyat chekkanlarga yordam berish va maxsus ishchi guruh jo‘natish yuzasidan mamlakat Davlat kengashiga ko‘rsatma berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yarim asr mobaynidagi eng kuchli dovul Szyansu provinsiyasidagi bir necha tumanga kunning ikkinchi yarmida kuchli jala va do‘l bilan yopirildi. Guvohlarga ko‘ra, shamol mashinalarni ag‘darib tashlagan, daraxtlarni qulatgan va uylar tomini uchirib ketgan.
Tabiiy ofat oqibatida 78 kishi halok bo‘ldi va salkam 500 kishi yaralandi. Ulardan 200 nafarga yaqini og‘ir holatda ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)