Yaponiyada to‘rt nafar ayolni yaralagan va ulardan birining umriga zomin bo‘lgan shaxsi noma’lum erkak o‘lim jazosini ko‘zlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mamlakatning eng shimoliy Xokkaydo orolidagi Kusiro shahri savdo markazida noma’lum erkak to‘rt nafar ayolga pichoq bilan tashlandi va jarohat yetkazdi. Ulardan biri keyinchalik olamdan o‘tdi.
“Kiodo” agentligining huquq-tartibot idoralariga tayanib ma’lum qilishicha, erkak ruhiy xastalikka chalingan va o‘zining bildirishicha, ayollarga o‘lim jazosini olish uchun jarohat yetkazgan. U tig‘i 22 santimetr bo‘lgan pichoq bilan qurollangani aytilmoqda.
Izoh (0)