Politsiya Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbakir viloyatida bir tonnaga yaqin portlovchi modda bilan to‘ldirilgan mikroavtobusni aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa 20-iyun, dushanba kuni kechki payt Ergani tumanida ro‘y berdi. Mikroavtobus atrofidagi hudud o‘rab olindi, yaqindagi uylardan odamlar evakuatsiya qilindi. Mutaxassislar avtobusda topilgan portlovchi moddalarni zararsizlantirdi, transport vositasi politsiyaga keltirildi.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)