Isroillik askarlar Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi tartibsizliklarda ishtirok etgan falastinlikni otib tashladi. Hodisa Bayt-Sira qishlog‘ida sodir bo‘lgan, deya ma’lum qiladi “TASS”.
The Jerusalem Post manbalariga ko‘ra, “isroillik askarlar Iordan daryosi g‘arbiy qirg‘og‘ida shossedagi fuqarolar avtomobillariga tosh va alanganlanuvchi aralashma solingan shisha idishlar irg‘itgan falastinliklar guruhi uyushtirgan tartibsizliklarni bostirish chog‘ida bir nafar gumonlanuvchini otib o‘ldirdi. Yana ikki nafar falastinlikka jarohat yetkazilgan, shuningdek, ikki nafari hibsga olingan”.
Tartibsizliklarda uch nafar isroillik yaralangani bildirilmoqda.
Izoh (0)