Bryusselning City 2 savdo markazidagi portlash xavfi munosabati bilan qo‘lga olingan erkak “xudkush kamari”ga oddiy osh tuzini joylashtirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yoshi 26 da ekanligi aytilayotgan shaxs ruhiy nosog‘ bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Uning o‘zi 21-iyun, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 5:30 da politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, unda xudkush kamari borligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng markaz hududi o‘rab olingan, hodisa joyiga favqulodda xizmatlar vakillari va sapyorlar yetib kelgandi.
Izoh (0)