AQShning RC-135V josus samolyoti 20-iyun, dushanba kuni Rossiyaning Kaliningrad viloyati chegaralariga navbatdagi marta yaqinlashdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Harbiy aviatsiya harakatini kuzatib boradigan G‘arb saytlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyadagi “Mildenxoll” aviabazasidan parvoz qilgan havo kemasi Boltiq dengizining janubiy qismida topshiriq bajargan. O‘tgan hafta dushanba kuni ham aynan shu samolyot Rossiya chegarasi yaqinida uchib o‘tgan, yetti soatli parvozining taxminan uch soatini Boltiq ustida o‘tkazgandi.
So‘nggi besh hafta mobaynida AQSh josus samolyotlari Kaliningrad viloyati chegaralariga 20 marotabadan ko‘proq yaqinlashgani qayd etildi.
Izoh (0)