Hindistondagi Tojmahal masjid maqbarasi yaqinidagi ifloslangan Jamna daryosida ko‘payadigan hasharotlar galasi saroyning marmar devorlariga tushirilgan naqshlar ustida yashil dog‘lar qoldirib, ularning bus-butunligiga xavf solmoqda, deb yozadi “Interfaks”.
“Ishchilar har kuni devorlarni tozalab chiqadi, biroq bunday qirtishlanaversa, gulli qadama naqsh va marmarning yaltiroq yuzasiga zarar yetishi mumkin”, — dedi Hindiston argeologik jamiyati a’zosi Bxuvan Vikram.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘simliklar tasviri tushirilgan qator marmar panellar allaqachon ko‘rimsiz bo‘lib qolgan.
Ekologlar aytishicha, avvallari daryoda hasharotlar ko‘payishiga yo‘l qo‘ymay turgan baliq yashagan, endi esa u Jamnada qirilib ketgan.
Izoh (0)