Indoneziyaning Yava orolida toshqin va yer ko‘chishlari qurbonlari soni 43 kishiga yetdi, yana 19 kishini qidirish ishlari davom etmoqda, deb yozadi “RIA Novosti” “Sinxua” agentligiga tayanib.
Bedarak yo‘qolganlarni qidirishda yuzlab qutqaruvchilar qatnashmoqda. Orolning markaziy qismi suv toshqinidan eng ko‘p zarar ko‘rdi. Yer o‘pirilishlari natijasida mamlakatda ko‘plab yo‘llar yopib qo‘yildi.
18-iyun, shanbadan buyon to‘xtamayotgan yog‘ingarchilik Markaziy Yava viloyatida jiddiy toshqinlarni keltirib chiqardi. Minglab uylar suv ostida qoldi. Hukumat ko‘chada qolganlar uchun vaqtinchalik boshpanalar barpo etdi.
Izoh (0)