Kareliyada ikki qayiqning ag‘darilib ketishi 15 nafar bolaning umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda Rossiya bolalar ombudsmeni Pavel Astaxov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Kareliyada 15 nafar bolaning jasadi topildi. Aql bovar qilmas fojia, alamli yo‘qotishlar. Barcha yaqinlarga samimiy hamdardlik bildiraman”, — deya yozgan Astaxov Twitter”dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning Kareliya Respublikasida joylashgan oromgohda dam olayotgan 47 bola va to‘rt nafar yoshi katta kuzatuvchidan iborat guruh Syamozero ko‘lidan kechib o‘tayotgan paytda po‘rtana boshlangani va buning oqibatida 14 nafar bola cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)