Xitoyning markaziy qismida shiddatli yomg‘irlar keltirib chiqargan toshqinlar tufayli kamida 12 kishi bedarak yo‘qoldi. 400 ming kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Mahalliy OAVlarga ko‘ra, yog‘ingarchilik turar-joylar, ko‘priklar va dambalarning qisman qulab tushishiga olib kelgan. Shuningdek, ko‘plab qishloq xo‘jalik ekinlari suv ostida qolgan. Xitoy meteorologiya xizmatlari e’lon qilingan xavfning eng yuqoridan oldingi — “sariq” darajasini bekor qilmadi.
Izoh (0)