Jazoir milliy armiyasi bo‘linmalari mamlakat janubidagi Medea viloyatining Ruakesh tumanida yana bir terrorchini yo‘q qildi. Bundan avval mazkur hududda sakkiz nafar ekstremist yo‘q qilingandi, deya xabar beradi “TASS”.
“Jazoir milliy armiyasi bo‘linmalarining terrorizmga qarshi kurash operatsiyasi chog‘ida Medea viloyatining Ruakesh tumanida yana bir terrorchi o‘ldirildi. Shuningdek, Kalashnikov avtomati, xudkush kamari, o‘q-dorilar, ikkita binokl va o‘nta mobil telefon musodara etildi. Operatsiya boshlangan 9-iyundan hozirga qadar armiya kuchlari mintaqada 17 nafar terrorchini yo‘q qildi”, — deyiladi mamlakat milliy mudofaa vazirligi xabarida.
Izoh (0)