“Islom.uz” foydalanuvchilaridan biri sayt ma’muriyatiga “tungi 00:00 – 01:00 da yengil saharlik qilib, niyat bilan og‘iz yopib uxlash mumkin yoki yo‘qligi” borasida murojaat qildi.
“Iftorlik (og‘iz ochish) qilib bo‘lgandan so‘ng, soat 23:00 – 00:00 da uxlab, saharlikka yaqin, ya’ni, 02:00 – 03:00 da uyqudan turaman. Og‘iz yopish vaqtiga qadar yengil saharlik qilib, yana uxlashga yotmoqdaman. Ishxonada ish hajmi ko‘p bo‘lganligi uchun biroz uyqusizlikdan qiynalib, ishimga ta’sir etish holatlari bo‘lmoqda. Shuning uchun, iftorlikdan so‘ng uxlamasdan, 00:00 yoki 01:00 da yengil saharlik qilib, niyat bilan og‘iz yopib uxlasam bo‘ladimi? Yoki taqvimda ko‘rsatilgan saharlik vaqtiga yaqin og‘izni yopish kerak bo‘ladimi?” – deya murojaat qildi foydalanuvchi.
“00:00 yoki 01:00 da yengil saharlik qilib, niyat bilan og‘iz yopib uxlasangiz bo‘ladi”, – deb javob qaytardi sayt ma’muriyati.
Izoh (0)