O‘zbekiston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘tkaziladigan 23—24-iyun kunlari Toshkentdan uchib ketadigan yo‘lovchilarning barchasi aeroportga reysdan to‘rt soat avval yetib kelishi kerak. Tegishli bildirishnoma aviakassa va sayyohlik agentliklari tomonidan tarqatildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Shuningdek, jadvalda o‘zgarishlar kuzatilishi mumkinligi haqida qo‘shimcha ravishda ogohlantirildi, shu tufayli, ham xalqaro, ham mahalliy reyslar yo‘lovchilari telefon orqali parvoz vaqtini aniqlashtirishi so‘raldi.
Izoh (0)