Jizzax viloyatining Arnasoy tumani “Baxtli” mahallasida yashovchi Adham Erdoshovlar oilasida biryo‘la uch chaqaloq – ikki o‘g‘il, bir qiz dunyoga keldi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Ota-ona farzandlariga Hasan, Husan va Zulayho ismlarini qo‘ydi.
– Chaqaloqlar sog‘lom va tetik, – deydi hamshira Go‘zal Tillayeva. – Vazn va bo‘y me’yorda o‘smoqda. Chaqaloqlar ham, ularning onasi ham doimiy tibbiy nazoratda.
Izoh (0)