Uber’ning yirik raqobatchisi bo‘lgan va Xitoydagi 400 shaharda ishlaydigan Didi Chuxing Technology taksi xizmati 7,3 milliard dollar miqdoridagi investitsiyalarni jalb qildi. Kompaniyani moliyalashtirishda Apple va China Life Insurance ishtirok etdi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Apple xizmatga 1 milliard dollar tikdi, bu uni Alibaba Group va Tencent Holdings kabi mahalliy internet-kompaniyalar qatorida Didi’ning strategik investoriga aylantiradi. Hozirda taksi xizmati 10,5 milliard dollar miqdoridagi erkin pul vositalariga ega bo‘lib, mazkur mablag‘ texnik bazani takomillashtirish, biznesning yangi yo‘nalishlarini o‘rganishga yo‘naltiriladi.
Izoh (0)