“Urganch” xalqaro aeroporti “MDH mamlakatlarida yilning eng yaxshi aeroporti” nufuzli tanlovi g‘olibiga aylandi, deb yozadi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati.
“Aeroport” fuqarolik aviatsiyasi assotsiatsiyasi tashkil qilgan tanlovda “Urganch” xalqaro aeroporti ikkita — “2015-yilda MDHga a’zo mamlakatlarning eng yaxshi aeroporti” va “Sayyohlik sohasiga qo‘shgan katta hissasi” nominatsiyalarida yutib chiqdi.
14-iyun kuni aeroportda g‘olibni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “Aeroport” assostsiatsiyasi bosh direktori Viktor Gorbachyov tantanali vaziyatda Faxriy yorliqlar va Assotsiatsiya kubogini topshirdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu tanlovda O‘zbekiston havo bandargohlari ko‘p bora qatnashib, g‘olib bo‘lishga ulgurgan. Chunonchi, “Buxoro” xalqaro aeroporti sakkiz marta, “Samarqand” — o‘n bir marta, “Urganch” — uch marta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)