9-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Toshkentda avtobus simyog‘ochga borib urildi. Avariya natijasida jabrlanganlar bor.
2. Aqto‘bedagi teraktda qurbon bo‘lganlarning oilalariga 15 ming dollardan beriladi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi esa Qozog‘istondagi motam munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
3. Muhammad Alining so‘nggi fotosessiyasi e’lon qilindi. Nyu-Yorkda esa vaqtincha Muhammad Ali nomli ko‘cha paydo bo‘ldi.
4. “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finalida BAAning “Al-Ayn” klubiga raqib bo‘ldi. Chorak final bellashuvlarining dastlabkisi 23—24-avgust kunlarida bo‘lib o‘tadi.
5. The Telegraph: O‘zbekistonda o‘zingizni zamonlar osha sayohat qilayotgandek sezasiz. Rossiyalik mehmon: menga avval barcha “-iston”lar bir xil bo‘lib tuyular edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)