Berni Sandersning saylovoldi shtabi Hillari Klinton Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lib ilgari surilishi uchun muddatidan oldin yetarli ovoz to‘plagani haqidagi OAV xabarlariga norozilik bildirdi. Jurnalistlar o‘zlarining hisob-kitoblariga tayanib, sobiq Davlat kotibi 2383 ovoz yig‘ishga ulgurganini bildirgandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Klinton yagona nomzod sifatida ilgari surilishini ta’minlash uchun delegatlarning yetarli ovozini to‘plamadi. Uning taqdirini 25-iyuldan keyin ovoz beradigan superdelegatlar hal qiladi. Ular esa hozir ham, keyinroq ham fikrlarini o‘zgartirishi mumkin. Bizning vazifa — superdelegatlarni Berni bugungi kunda Donald Trampga qarshi eng kuchli nomzod ekanligiga ishontirishdan iborat”, — deya ma’lum qilgan Sandersning matbuot kotibi Maykl Briggs.
Hillari Klintonning o‘zi ham tarafdorlarini bir yo‘la besh shtatda dastlabki saylovlar bo‘lib o‘tadigan “superseshanba” oldidan bo‘shashmaslikka chaqirgan.
Izoh (0)